date

Rodrigoga birdaniga besh klub da'vogarlik qilishi mumkin

Rodrigoga birdaniga besh klub da'vogarlik qilishi mumkin

Madridning «Real» klubida to'p surayotgan braziliyalik hujumchi Rodrigoning kelajagi mavsum yakunida o'zgarishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, «Inter» Rodrigoning «Real»dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Shuningdek, Angliyadan «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenhem», Saudiya Arabistonidan esa «Al-Hilol» ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Ta'kidlanishicha, Rodrigning o'zi «Real»da qolishni xohlaydi, biroq zaxira o'rindig'ida muntazam o'tirishga rozi emas.

Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Rodrigning hozirgi bozor bahosi 60 million yevroni tashkil etadi. 2024 yil yozida esa u 110 million yevroga baholangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rodrigoga birdaniga besh klub da'vogarlik qilishi mumkin