Real argentinalik yulduz uchun hammasini tikishga tayyor

Madridning «Real» klubi yozgi transferlar oynasida yarim himoya chizigini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. OAV bir necha vaqtdan beri ispan grandini «Chelsi» safida to‘p surayotgan Enso Fernandes bilan bog‘lab kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, «Real» Fernandes transferi uchun katta tavakkal qilishga ham tayyor. Biroq yakuniy qarorda futbolchining yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatidagi o‘yinlari hal qiluvchi sinov bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, madridliklar «PSJ» yarim himoyachisi Vitinyaga ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ammo klub ichida parijliklar bilan munosabatlar sovuqligi sabab portugaliyalik futbolchini olib kelish ehtimoli past, degan fikr bor.
25 yoshli Enso Fernandes Transfermarkt talqiniga ko‘ra 85 million yevroga baholanmoqda. Uning «Chelsi» bilan shartnomasi 2032 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Avvalgi jahon chempionatida esa Fernandes turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!