Vinisius Neymarni qo'llab-quvvatlagan ishorasi uchun maqtab chiqdi

Neymar "Vasko da Gama"ga qarshi uchrashuvda ikki bor gol urdi. Yulduz hujumchi gollaridan birining nishonlanishini Vinisiusga bag'ishlab, burchak bayrog'i yonida "Real" futbolchisi Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida "Benfika"ga qarshi o'yinda ijro etgan raqsni aynan takrorladi. O'sha paytda ayrimlar Vinisiusning bu harakatini provokatsiya deb baholagandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Neymar raqs tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarda ham ulashdi. Post ostida Vinisius izoh qoldirib, "Men seni sevaman", deb yozdi va yurakcha belgilarini qo'shib qo'ydi.
"Real" navbatdagi o'yinini 2 mart, dushanba kuni o'tkazadi. Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa Ispaniya chempionatida o'z maydonida "Xetafe"ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing