date

Flik de Yong jarohati borasida fikrlarini bildirdi

Flik de Yong jarohati borasida fikrlarini bildirdi

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohat olib, kamida aprel oyigacha maydonga qayta olmaydi. Klub niderlandiyalik futbolchining tiklanishi uchun taxminan besh-olti hafta kerak bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik de Yongning yo‘qligi jamoa uchun og‘riqli ekanini ta’kidladi. “Futbolchi o‘ynay olmasa, ayniqsa Frenki kabi darajadagi ijrochi bo‘lsa, bu yoqimsiz holat. Vaziyat oson emas, ammo bu boshqa futbolchilarga ham o‘zini ko‘rsatish imkonini beradi”, — dedi Flik juma kungi matbuot anjumanida.

Qishning so‘nggi oqshomida “Barselona” La Liga doirasida uyda “Vilyarreal”ni qabul qiladi. “Kamp Nou”dagi uchrashuv 28 fevral kuni 20:15 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik de Yong jarohati borasida fikrlarini bildirdi