date

Deku Chempionlar ligasi qurasi natijasini baholadi

Deku Chempionlar ligasi qurasi natijasini baholadi

“Barselona”ning sport direktori Deki Chempionlar ligasi pley-off bosqichi qurasi yakunlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Quraga ko'ra, 1/8 finalda “ko'k-anorranglilar” Angliyaning “Nyukasl” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlar 10 va 18 mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

“Bu biz uchun qiyin qur'a. Raqib sifatida yana ikki boshqa jamoa ham tushishi mumkin edi, baribir oson bo'lmasdi. “Nyukasl” — murakkab raqib, stadioni ham oson emas”, — deya Deki so'zlarini keltiradi Diario Sport.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra, Xans-Diter Flik jamoasi sakkiz uchrashuvda 16 ochko to'plab, beshinchi o'rinni egalladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Deku Chempionlar ligasi qurasi natijasini baholadi