Mikautadze fevral oyining La Ligadagi eng zo'ri bo'ldi

"Vilyarreal"ning markaziy hujumchisi Jorj Mikautadze fevral oyida Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Liganing rasmiy sayti xabariga ko'ra, Gruziya terma jamoasi forvardi muxlislar ovoz berishida to'rt nomzodni ortda qoldirdi: Federiko Valverde ("Real"), Abde Ezzalzuli ("Betis"), Toma Lemar ("Atletiko") va "Xetafe" vakili Luis Milya.
24 yoshli Mikautadze oy davomida ikki uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. Umuman olganda, u joriy mavsumdagi 32 o'yinda "gol+pas" tizimi bo'yicha 15 ochko to'plagan.
"Vilyarreal" hozirda La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing