Rodrigo Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashni orzu qilgan

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo bir paytlar Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to'p surishni juda istaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik superyulduz “qaymoqranglilar” safini 2018 yil yozida tark etgan, braziliyalik futbolchi esa Madridga bir yildan keyin kelib qo'shilgan.
“Men Ronaldu bilan birga o'ynashni xohlagandim, ammo bu amalga oshmadi. Afsus, chunki Krishtianu — mening kumirim”, — deya Rodrigo so'zlarini Madrid Universal keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu “Real”dan “Yuventus”ga yo'l olgan, keyin esa “Manchester Yunayted”da ham o'ynab ulgurdi. 2023 yil boshidan buyon esa u Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi sharafini himoya qilmoqda.
Rodrigo “Real” safida 296 ta uchrashuvda maydonga tushib, 71 ta gol va 57 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!