date

Pedri jarohatdan so‘ng Barselona asosiy tarkibiga qaytmoqda

Pedri jarohatdan so‘ng Barselona asosiy tarkibiga qaytmoqda

«Barselona» yarimhimoyachisi Pedri jarohatdan keyin ilk bor start tarkibida maydonga tushishga yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 23 yoshli futbolchini La Ligadagi «Vilyarreal»ga qarshi shanba kungi uchrashuvda dastlabki daqiqalardan maydonga tushirishni rejalashtirmoqda. Ispaniya terma jamoasi yulduzi uchun bu 21 yanvardan beri, ya’ni bir oydan ortiq tanaffusdan keyingi ilk start bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Pedri mushak muammolari sabab «Barselona»ning yettita o‘yinini o‘tkazib yuborgandi. U yaqinda «Levante»ga qarshi bahsda 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, qaytishini boshlab bergan.

«Barselona» — «Vilyarreal» uchrashuvi 20:15 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pedri jarohatdan so‘ng Barselona asosiy tarkibiga qaytmoqda