Kamp Nou tribunalariga yana tomoshabinlar qaytmoqda, sig‘im oshadi

«Barselona» muxlislari uchun xushxabar: stadion rekonstruksiyasi davom etayotgan «Kamp Nou» mart oyidayoq ko‘proq tomoshabinni qabul qila boshlaydi va sig‘im 65 ming kishigacha yetadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bunga «shimoliy tribuna»ning bosqichma-bosqich ochilishi sabab bo‘ldi. Hozircha arena 45 ming atrofida muxlisni qabul qila olmoqda. 15 mart kuni «Barselona» «Sevilya»ga qarshi maydonga tushadigan bahsda esa stadionga kirish imkoniyati qariyb 30 foizga kengayishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, La Liganing so‘nggi turida kataloniyaliklar turnir jadvalidagi peshqadamlikni qaytarib oldi: «Osasuna»ga yutqazgan Madridning «Real» klubi ortda qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing