Kilian Mbappe jarohatlar bo'yicha shaxsiy antirekord o'rnatdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumda odatdagidan ko'ra tez-tez jarohat olib, jamoasiga bir necha bor yordam bera olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz futbolchi Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi yaqinda o'tgan uchrashuvni tizzasidagi shikast sabab o'tkazib yubordi. Shifokorlar hujumchining yana bir necha hafta maydonga tusha olmasligini taxmin qilmoqda. Marca xabariga ko'ra, Mbappe bu mavsum jarohatlar tufayli 53 kun safdan chiqqan — bu 27 yoshli forvard uchun shaxsiy eng yomon ko'rsatkich. Uning avvalgi antirekordi 2019/20 mavsumida «PSJ» safida qayd etilgan (51 kun).
Shunga qaramay, sog'liq bilan bog'liq muammolar Mbappening sermahsul o'yiniga jiddiy ta'sir qilgani yo'q: u barcha musobaqalarda 33 uchrashuvda 38 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!