Andronov Barselona Villarrealga qarshi yirik g'alabani kutmoqda

Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida Kataloniyaning «Barselona» jamoasi o'z maydonida «Villarreal»ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan futbol sharhlovchisi Aleksey Andronov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Andronovga ko'ra, «Barselona» bu bahsda g'alaba qozonishi kerak. Uning ta'kidlashicha, eng mantiqli variantlardan biri — «Barselona»ning (-1,5) fора bilan yutishi, chunki Flik shogirdlari hisobda oldinga chiqqach ham natijani ushlab turishga o'tmaydi.
«Barselona» — «Villarreal» uchrashuvi bugun, 28 fevral kuni «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 20:15 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozircha mezbonlar La Liga jadvalida peshqadam, «Villarreal» esa uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing