date

Laporta Barselona Ispaniya chempioni bo'lishiga ishonmoqda

Laporta Barselona Ispaniya chempioni bo'lishiga ishonmoqda

Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta La Ligadagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbarining aytishicha, jamoa so‘nggi uchta finalda “Real”ni mag‘lub etgan va bu mavsum ham barcha taxminlarga qaramay, aynan “Barselona” Ispaniya chempioniga aylanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anorranglilar” amaldagi chempion hisoblanadi.

Turnir jadvalida Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa 61 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi va “Real”dan bir ochkoga oldinda. Navbatdagi turda “Barselona” o‘z maydonida “Vilyarreal”ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta Barselona Ispaniya chempioni bo'lishiga ishonmoqda