Flik Barselona bosh murabbiyi sifatida 100-o'yinini o'tkazmoqda

La Liganing 26-turi doirasida shanba kuni «Barselona» o'z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv Hans-Diter Flik uchun «ko'k-anorranglilar» boshqaruvidagi yubiley — 100-o'yin bo'ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Flik «Barselona» bilan o'tkazgan avvalgi 99 bahsda 74 marta g'alaba qozongan, 9 o'yinda durang qayd etilgan va 16 uchrashuvda mag'lub bo'lgan.
«Barselona» — «Vilyarreal» o'yinini LiveResult portali matnli onlayn tarzda yoritmoqda. Bahsning 28-daqiqasida hisobni qanot hujumchisi Lamin Yamal ochdi — u darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatdan kichik burchak ostida aniq zarba berdi.
Eslatib o'tamiz, Hans-Diter Flik «Barselona»ni 2024 yil yozida qabul qilib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing