date

Lamin Yamal faoliyatidagi ilk xet-trikni rasmiylashtirdi

Lamin Yamal faoliyatidagi ilk xet-trikni rasmiylashtirdi

Shanba kuni Ispaniya chempionati doirasida «Barselona» o'z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilmoqda. Uchrashuv davomida «Kamp Nou» tablosida 3:1 hisobi yonib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Ko'k-anorranglilar» safida gollar shouini qanot hujumchisi Lamin Yamal namoyish etdi — u xet-trik muallifiga aylandi.

Qayd etish joiz, bu Yamalning professional faoliyatidagi ilk xet-trigi. Bungacha u bir o'yinda ko'pi bilan ikki marta darvozani ishg'ol qilgan edi.

Yamal «Barselona» safidagi 140-o'yinida ilk bor uchta gol urdi. Shuningdek, u Ispaniya terma jamoasida 23 ta uchrashuv o'tkazgan.

«Vilyarreal»ga qarshi bellashuv yana bir yubiley bilan ham esda qoldi: Hans-Diter Flik «Barselona» bosh murabbiyi sifatida 100-o'yinini o'tkazmoqda.

Iyul oyida Lamin Yamal 19 yoshga to'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal faoliyatidagi ilk xet-trikni rasmiylashtirdi