Flik Barselonadagi 100-o'yinidagi g'alabani baholadi

Hans-Diter Flik shanba kuni “Barselona” bosh murabbiyi sifatida 100-uchrashuvini o'tkazdi. Kataloniyaliklar o'z maydonida “Vilyarreal”ni 4:1 hisobida yirik tarzda mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan keyin Flik ushbu yubiley g'alabasiga to'xtaldi: “Barselona” bilan 100-o'yinimda g'alaba qozonganimdan juda xursandman. Juda-juda baxtliman. Bugun oilam ham stadionga kelib, o'yinni tomosha qildi”, — dedi u.
Eslatib o'tamiz, “Vilyarreal”ga qarshi bahsda Lamin Yamal het-trik qayd etdi. “Barselona” turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va “Real”dan to'rt ochko oldinda bormoqda. Madridliklar esa tur doirasidagi o'z uchrashuvini hali o'tkazmagan.
“Barselona”ning navbatdagi o'yini 3 mart kuni Ispaniya Kubogida “Atletiko”ga qarshi bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!