date

Yamal xet-trik to‘pini onasiga sovg‘a qilishini aytdi

Yamal xet-trik to‘pini onasiga sovg‘a qilishini aytdi

«Barselona» vingeri Lamin Yamal La Liga doirasida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda porladi. 18 yoshli futbolchi uch bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, faoliyatidagi ilk xet-trikni rasmiylashtirdi, kataloniyaliklar esa uy maydonida 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdan so‘ng Yamal esdalik sifatida o‘yin to‘pini o‘zi bilan olib ketdi. Odatda xet-trik qayd etgan futbolchilar qiladigan bu an’ana bu safar ham davom etdi.

Intervyu vaqtida undan: «Xet-trik qilgan to‘p bilan nima qilasiz?» deb so‘rashdi. Yamal esa qisqa javob berdi: «Bu to‘p onamga nasib qiladi».

Shu tariqa, yaqin kunlarda Lamin Yamalning onasi Sheyla Ebana o‘g‘lidan maxsus sovg‘aga ega bo‘ladi. Qayd etilishicha, Yamal ushbu xet-trik orqali La Liga tarixida ham rekord ko‘rsatkichni o‘rnatgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yamal xet-trik to‘pini onasiga sovg‘a qilishini aytdi