date

Flik Yamalning xet-triki va o'yiniga baho berdi

Flik Yamalning xet-triki va o'yiniga baho berdi

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik “Vilyarreal”ga qarshi 4:1 hisobidagi yirik g‘alabada xet-trik qayd etgan Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

18 yoshli vinger uchrashuvning 28-, 37- va 69-daqiqalarida gol urib, faoliyatidagi ilk xet-trigini rasmiylashtirdi.

Flikning aytishicha, Yamalning jamoaga qaytishi katalonlar uchun juda muhim bo‘lgan. Murabbiy bu uch gol futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklashiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Flik Yamalning himoyadagi mehnatini ham alohida qayd etdi: u yuqori pressingda faol ishlagan. Murabbiy Yamal shunday futbol ko‘rsatganida uni tomosha qilish yoqimli ekanini aytib, seshanba kungi bahsda ham ayni darajani ushlab turish kerakligini qo‘shimcha qildi.

3 mart kuni Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida “Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yinda katalonlar 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Yamalning xet-triki va o'yiniga baho berdi