date

Zhoan Garsiya Atletikoga qarshi o'yin oldidan muxlislarga murojaat qildi

Zhoan Garsiya Atletikoga qarshi o'yin oldidan muxlislarga murojaat qildi

"Barselona" darvozaboni Zhoan Garsiya La Ligada "Vilyarreal" ustidan 4:1 hisobidagi g'alabadan so'ng fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kataloniyaliklar uchrashuvda Lamin Yamalning xet-trigi evaziga ustun keldi, yana bir golga Robert Levandovski mualliflik qildi. Endi Hans-Diter Flik jamoasi 3 mart, seshanba kuni Ispaniya Kubogi yarim finalining javob bahsida o'z maydonida "Atletiko"ni qabul qiladi. Eslatib o'tamiz, Madridda bo'lib o'tgan ilk o'yinda "ko'k-anorranglilar" 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan.

"Ajoyib uy uchrashuvidagi g'alaba. Endi seshanbaga tayyorgarlik ko'rish vaqti. Bizga sizlarning qo'llab-quvvatlashingiz juda kerak!" — deya Garsiya "Barselona" muxlislariga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qildi.

Kubokdagi bahs 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zhoan Garsiya Atletikoga qarshi o'yin oldidan muxlislarga murojaat qildi