date

Bordalas Mbappega qarshi o'ynay olmasligimiz achinarli dedi

Bordalas Mbappega qarshi o'ynay olmasligimiz achinarli dedi

«Xetafe» bosh murabbiyi Xose Bordalas «Real» safida Kilian Mbappening yo'qligi uni xursand qilmayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yulduzli fransuz futbolchisi jarohati sabab La Ligadagi yaqin uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

«Men doim maydonda eng kuchlilar o'ynashini istayman. Futbolni ham, ishimni ham yaxshi ko'raman, shuning uchun buyuk futbolchilarning o'yinini tomosha qilish yoqadi. Mbappe kabi darajadagi o'yinchi bu bahsda qatnasha olmagani achinarli, chunki u bo'lganda tomosha yanada yorqinroq bo'lardi», — deya Bordalasning so'zlarini Diario AS keltirdi.

Uchrashuv dushanba kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bordalas Mbappega qarshi o'ynay olmasligimiz achinarli dedi