Gavi operatsiyadan keyin maydonga qaytishga yaqin turibdi

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi tizzasidan olingan jarrohlik amaliyotidan so‘ng tez orada futbol maydoniga qaytishi kutilmoqda. U avgust oyidan beri o‘yinlarda ishtirok etmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini darhol asosiy tarkibda to‘liq yuklama bilan o‘ynatishni rejalashtirmoqda. Klub Gavini asta-sekin formaga kiritish niyatida, bu borada Mark Bernal bilan qo‘llangan yondashuvga o‘xshash reja tanlangan.
Yaqqin haftalarda Mark Bernal hamda Mark Kasado maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazishi kutilmoqda, Gaviga beriladigan yuklama esa bosqichma-bosqich oshiriladi. Jamoa hech qanday tavakkal qilmoqchi emas: bosh murabbiy Flik Gavini juda yuqori baholaydi va uni o‘ziga xos futbolchi deb hisoblaydi, shu sabab uning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas.
Joriy mavsumda 21 yoshli Gavi La Ligada atigi ikki uchrashuvda maydonga tushdi va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!