Erik Garsiya Barselona Atletikoga qayta zarba bera oladi dedi

Erik Garsiya Barselona Atletikoga qayta zarba bera oladi dedi

Barselona” himoyachisi Erik Garsiya La Liga 26-turida “Vilyarreal” ustidan 4:1 hisobida qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Garsiyaning ta’kidlashicha, ushbu uchrashuv kataloniyaliklar uchun jiddiy sinov bo‘lib xizmat qildi va jamoa “Atletiko” Madridga qarshi qarama-qarshilikda vaziyatni o‘nglashga qodir ekanini ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk o‘yinida “Barselona” “Atletiko”dan 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Javob bahsi 3-mart, juma kuni bo‘lib o‘tadi va start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar