Manchester Yunayted o'yin paytida Lyuk Shoudan ayrildi

Yakshanba kuni «Manchester Yunayted» o'z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qilmoqda. G'alaba qozonilsa, mankunianlar APL turnir jadvalida uchinchi pog'onaga ko'tarilishi mumkin edi, biroq uchrashuvning birinchi bo'limidayoq hisob 0:1 ko'rinishiga keldi — mezbonlar tezda gol o'tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Birinci taymda «qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Kerrik majburiy almashtirish qilishiga to'g'ri keldi. Jamoa himoyachisi Lyuk Shou jarohat olib, o'yinni davom ettira olmadi va uning o'rniga Nussair Mazraui maydonga tushdi.
«Manchester Yunayted» — «Kristal Pelas» bahsini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing