Serxi Roberto Barselona kambekining kalitini aytdi

Barselonaning sobiq futbolchisi Serxi Roberto Ispaniya kubogi yarim finali javob uchrashuvi arafasida fikr bildirdi. Kataloniyaliklar o'z maydonida Madridning Atletikosini qabul qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Birinchi o'yinda Atletiko yirik hisobda g'alaba qozongandi — 4:0. Final yo'llanmasi taqdiri 3 mart kuni hal bo'ladi.
Roberto fikricha, Barselona uchun eng muhim vazifa — imkon qadar erta birinchi golni urish. Uning aytishicha, startdan boshlab yuqori tempda bosim qilish jamoani ruhlantiradi, biroq shoshqaloqlikka berilish mumkin emas. Chunki Atletiko qarshi hujumlarda juda xavfli: hujum chizig'ida bo'sh hududlardan unumli foydalanadigan yuqori saviyali ijrochilar bor. Shu bois uchrashuvning boshlanishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o'tamiz, Serxi Roberto Chempionlar ligasida PSJga qarshi tarixiy kambekda ham muhim rol o'ynagan — Barselona ilk o'yindagi 0:4 mag'lubiyatdan keyin javob bahsida aynan uning goli orqali hal qiluvchi oltinchi to'pni kiritgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!