date

Flik Levandovskining o'rnini bosuvchi ikki variantni ko'rib chiqmoqda

Flik Levandovskining o'rnini bosuvchi ikki variantni ko'rib chiqmoqda

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jarohat sabab safdan chiqdi. 37 yoshli forvard ko'z kosasi singani tufayli Ispaniya Kubogi yarim finalida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi yaqinlashib kelayotgan bahsda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, polshalik to'purar o'rnini katta ehtimol bilan Ferran Torres egallaydi — u avval ham shunday vaziyatlarda jamoaga yordam bergan. Biroq bosh murabbiy Hans-Diter Flik yana bir yechimni ham ko'rib chiqmoqda: Dani Olmoni «soxta to'qqizlik» rolida sinab ko'rish.

«Barselona» – «Atletiko» uchrashuvi 3 mart kuni «Kamp Nou»da bo'lib o'tadi. Qarama-qarshilikning ilk o'yinida «matraschilar» 4:0 hisobida yirik g'alabaga erishgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Levandovskining o'rnini bosuvchi ikki variantni ko'rib chiqmoqda