date

Messi Barselona prezidentlik saylovlari mavzusidan chetda qolmoqchi

Messi Barselona prezidentlik saylovlari mavzusidan chetda qolmoqchi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi «Barselona»da bo‘ladigan prezidentlik saylovlari haqida fikr bildirishni istamayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nomzodlar 38 yoshli argentinalik yulduz nomini saylovoldi chiqishlarida tez-tez tilga olayotgan bo‘lsa-da, futbolchining o‘zi bu masalani muhokama qilish niyatida emas. Diario Sport xabariga ko‘ra, Messi ushbu mavzu bo‘yicha ommaviy savollarga javob bermaslikka qaror qilgan.

Kataloniya klubi rahbarligi uchun saylov 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Asosiy da’vogarlar qatoridagi Viktor Font bir necha bor shuni ta’kidlagan: agar Joan Laporta prezidentlik kursisini saqlab qolsa, klub rahbariyati darajasida Messiga doir munosabatlar tiklanmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Messi «ko‘k-anorranglilar» safini 2021 yilda tark etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Barselona prezidentlik saylovlari mavzusidan chetda qolmoqchi