Vinisius Junior Real Madridga yangi yulduz olib kelmoqchi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoa tarkibini kuchaytirish bo'yicha o'z taklifini bildirmoqda. Braziliyalik yulduz klub rahbariyatiga Angliya premyer ligasida to'p surayotgan iqtidorli yarim himoyachi Dominik Soboslaini transfer qilishni tavsiya qildi. "Defensa Central" nashrining xabar berishicha, Vinisius venger futbolchisini "qaymoqranglilar" o'yin uslubiga juda mos tushadigan ideal nomzod deb hisoblaydi.
Ma'lum bo'lishicha, Dominik Soboslai va Vinisius Junior o'rtasida iliq munosabatlar mavjud. Avvalroq, 25 yoshli yarim himoyachining o'zi ham kelajakda "Real Madrid" safida o'ynashni orzu qilishi haqida OAVda xabarlar tarqalgan edi. Bu omil transfer ehtimolini yanada oshirishi mumkin.
Hozirgi kunda "Liverpul" sharafini himoya qilayotgan Dominik Soboslaining transfer qiymati "Transfermarkt" portali tomonidan 85 million yevroga baholanmoqda. "Real Madrid" rahbariyati ushbu taklifni ko'rib chiqadimi yoki yo'q, buni yaqin kelajakda bilib olamiz. Har holda, Vinisiusning bu tashabbusi jamoa ichidagi muhit va kelgusi mavsumlar uchun rejalarga ta'sir ko'rsatishi aniq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!