date

Gullit Yamalga ortiqcha yuklama xavfi haqida jiddiy ogohlantirdi

Gullit Yamalga ortiqcha yuklama xavfi haqida jiddiy ogohlantirdi

Rud Gullit yosh yulduzlar masalasida jiddiy fikr bildirdi. Niderlandiyalik afsona "Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasiga Lamin Yamal bilan bogʻliq xavfli tendensiya haqida ogohlantirish berdi.

Uning taʼkidlashicha, atigi 18 yoshda boʻlgan futbolchining doimiy ravishda yuqori darajadagi oʻyinlarda ishtirok etishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Gullit fikricha, bu holat uzoq muddatli jarohatlar xavfini oshiradi.

«Bu normal holat emas. Jamoa unga juda qattiq bogʻlanib qolgan, lekin u hali juda yosh. Men uning jarohat olishi mumkinligidan jiddiy xavotirdaman. Chunki uni deyarli har bir oʻyinda maydonga tushirishyapti. “U yosh, bardosh beradi”, deyish oson. Ammo biz bu holatni Pedri va Gavi misolida allaqachon koʻrganmiz», — dedi u.

Gullitning fikricha, yosh futbolchilarga ortiqcha yuklama berish ularning jismoniy holatiga jiddiy taʼsir qiladi va tiklanish jarayonini ancha qiyinlashtiradi.

Shu bilan birga, Yamalning joriy mavsumdagi statistikasi haqiqatan ham hayratlanarli. U barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda ishtirok etib, 23 ta gol va 18 ta golli uzatma bilan ajralib turibdi.

Qisqasi, iqtidor bor — bu fakt. Lekin uni toʻgʻri boshqarish ham shunchalik muhim. Aks holda, bu “oldirib qoʻyish” ssenariysiga aylanib qolishi hech gap emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gullit Yamalga ortiqcha yuklama xavfi haqida jiddiy ogohlantirdi