«Chelsi» Perishich uchun kurashda «MYu»ni ortda qoldirmoqchi

«Chelsi» Perishich uchun kurashda «MYu»ni ortda qoldirmoqchi

Chelsi" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte "Inter" jamoasi yarim himoyachisi Ivan Perishichning xizmatlariga jiddiy tarzda qiziqmoqda. Bu haqida Gazzetta dello Sport nashriga tayanib "Uff.uz" xabar tarqatdi.

Manbada aytilishicha, italiyalik mutaxassis Eden Azar "Real"ga ravona bo‘lishi mumkinligi munosabati bilan xorvatiyalik futbolchini taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Unga shuningdek "Manchester Yunayted" ham da’vogarlik qilmoqda, biroq londonliklar o‘yinchi uchun kurashda g‘olib chiqmoqchilar.

Ushbu mavsumda Perishich barcha musobaqalarda 34 marta maydonga tushib, 9ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar