Cole Palmer 150 million funtlik taklifga qanday munosabat bildiradi?

Chelsi yarim himoyachisi Cole Palmer yozgi transfer oynasida 150 million funt sterlinglik taklif tushsa, klub rahbariyatidan buni ko‘rib chiqishni so‘rashi mumkin. Glen Jonsonning fikricha, ingliz futbolchisi o‘z kelajagi borasida jiddiy o‘ylashga majbur bo‘ladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Chelsi joriy mavsumda barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapti va Yevrokuboklar zonasidan chetda qolish xavfi ostida. Agar jamoa Chempionlar ligasi yoki boshqa xalqaro turnirlarga yo‘llanma ololmasa, Palmer kabi iqtidorli futbolchilar o‘z faoliyatini yanada ambitsiyali klublarda davom ettirishni istashlari tabiiy.
Garchi Palmerning shartnomasi 2033-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lsa-da, Manchester Yunayted kabi grand klublarning qiziqishi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. Jonsonning ta’kidlashicha, Chelsi inqirozli davrni boshdan kechirayotgan bir paytda, futbolchi o‘z karyerasi uchun eng yaxshi variantni tanlash huquqiga ega.
Chelsi rahbariyati futbolchini sotishga majbur emas, ammo bunday ulkan taklif klub moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozirgi kunda London klubi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda va mavsum yakuniga qadar vaziyatni o‘nglash qiyin kechmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!