Raphinha: Men Lamine Yamal emasman

Barselona hujumchisi Raphinha jamoaning yosh yulduzi Lamine Yamalning o‘rnini to‘liq bosa olmasligini tan oldi. Ispaniyalik iqtidor egasi jarohati sababli Real Madridga qarshi El Klasiko bahsini o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgach, braziliyalik futbolchi o‘ziga bildirilayotgan umidlarga oydinlik kiritdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
"Agar men o‘ng qanotda o‘ynasam, mendan mo‘jizalar kutmang, chunki men Lamine emasman. Lamine haqiqiy yulduz va u maydonda qiladigan ishlar o‘zgacha", - deya ta’kidladi Raphinha Movistar nashriga bergan intervyusida.
Raphinha xalqaro tanaffus vaqtida olgan jarohatidan so‘ng safga qaytmoqda. U hali o‘zining eng yaxshi sport formasida emasligini tan olgan bo‘lsa-da, bo‘lajak muhim o‘yin oldidan jamoasiga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Braziliyalik futbolchi o‘zining Barselona tarkibidagi kelajagi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. U transfer mish-mishlariga qaramay, 2028-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomasini hurmat qilishini va Kataloniya klubida uzoq yillar qolishni istashini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!