date

Harry Kane pivoga belangan holda medalini qiziga topshirdi

Harry Kane pivoga belangan holda medalini qiziga topshirdi

Bavariya Bundesliganing so‘nggi turida Kyoln ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda xet-trik qayd etgan Harry Kane mavsumni ajoyib tarzda yakunladi. O‘yindan so‘ng an’anaga ko‘ra, jamoa a’zolari bir-birini pivo bilan yuvishdi, natijada ingliz hujumchisi butunlay ho‘l bo‘lib ketdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Maydondagi bayram tantanalari vaqtida qiziqarli holat yuz berdi: pivoga belangan Harry Kane o‘z oilasi oldiga bordi, biroq uning rafiqasi va farzandlari kiyimlariga pivo tegib ketmasligi uchun undan masofa saqlashga harakat qilishdi. Shunga qaramay, futbolchi o‘zining chempionlik medalini qiziga sovg‘a qilib, muxlislarga iliq lahzalarni taqdim etdi.

Vincent Kompany shogirdlari uchun bu mavsum juda muvaffaqiyatli o‘tdi. Harry Kane joriy mavsumda Bundesligada 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bavariya esa chempionat doirasida jami 122 ta gol urib, rekord o‘rnatdi.

Bavariya futbolchilari chempionlikni nishonlagan bo‘lsalar-da, mavsum hali yakunlangani yo‘q. Joshua Kimmich ta’kidlaganidek, jamoa endi bor e’tiborini kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan Germaniya kubogi finaliga qaratadi. Shtutgartga qarshi kechadigan bahsda myunxenliklar mavsumdagi ikkinchi sovrinni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Harry Kane pivoga belangan holda medalini qiziga topshirdi