
Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan "Real" Madrid hamda "Barselona" klublari o‘rtasidagi "el-klassiko" uchrashuvi nihoyasiga etdi.
Unda 2:3 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, Kazemiro 28-daqiqada hisobni ochdi. Ammo, oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan Messi ajoyib reyd qilib, javob golini urishga erishdi.
Ikkinchi bo‘limda Rakitich uzoqdan zarba yo‘llab, "Barsa"ni oldinga olib chiqdi. 77-daqiqada qo‘poligi uchun Serxio Ramos maydondan chetlatildi. Ammo, shunga qaramasdan 85-daqiqada Xames oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Bir kishi kam bo‘lib "Real" tengma-teng kurash olib borayotgandi, lekin ...
Lekin, qo‘shib berilgan daqiqalarda Messi yana bir ajoyib gol urib, "Barsa"ning muhim g‘alabasini ta’minladi.
La ligaga yana qiziqish qaytdi.
Ispaniya chempionati, 33-tur
Ispaniya chempionati, 33-tur
"Real" Madrid - "Barselona" — 2:3
Gollar: Kazemiro (28), Xames (86) - Messi (33, 90+2), Rakitich (73)
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Nacho, Marselo, Ramos, Kroos, Modrich, Kazemiro (Kovachich, 70), Beyl (Asensio, 39), Benzema (Xames, 82), Ronaldu.
Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Alba, Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta, Pako Alkaser (Andre Gomesh, 70), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (12), Umtiti (39), Kovachich (81).
Chetlatish: Ramos (77).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar