«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi uchrashuv (2:3) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Real»da xursandchilik qilish uchun sabab yo‘q. Juda ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo o‘yin nazoratini qo‘lga ola bilmadik. Hisob 1:0 bo‘lib turganida ustunlikni qo‘lga olmaganimizda har qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Natijada xafamiz. 10 kishi bo‘lib ham hisobni tenglashtirganingda, darhol kallani ishlatish kerak va butun jamoa bo‘lib himoyalanish talab etiladi.
Biz uchinchi golni urib, g‘alaba qozonib ketishimiz mumkin deb o‘yladik. Natijada orqa chiziqda «Barselona» juda katta bo‘sh zona qoldirdik va ular bundan foydalanib, g‘alaba qozonib ketishdi.
Agar menda yana bir bor shu uchrashuvni takrorlash imkoniyati bo‘lganda, asosiy tarkib va zaxira bo‘yicha fikrimni o‘zgartirmagan bo‘lardim. Endi yaxshisi kelgusi uchrashuv haqida o‘ylash kerak», — dedi Zidan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi