«Barselona» hujumchisi Neymar faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishga qaror qilgan. Bu haqda Daily Record'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Manbaning yozishicha, braziliyalik bu futbolchi 2015 yil yozida ham o‘zini sotib olishga uringan «Manchester Yunayted» safida o‘ynamoqchi.
Qayd etilishicha, «Barselona» o‘z etakchilaridan birini 200 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi. Futbolchining o‘zi «qizil iblislar» jamoasi xo‘jayinlari ispan klubining talabini qondirishiga umid qilmoqda. Uning «Barselona»dan ketishni istayotgani sababiga aniqlik kiritilmagan.
Shu bilan birgalikda, «Yunayted» ustozi Joze Mourino Zlatan Ibrahimovich jiddiy jarohat tufayli safdan chiqqani tufayli Neymarni olib kelish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.
Bundan oldinroq Neymar jurnalist bilan suhbat vaqtida APLda o‘ynash istagi borligi, Angliyadagi jamoalar orasida «Manchester Yunayted»ni yoqtirishi haqida aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”