Ronaldu terma jamoadan ketishiga nima sabab bo‘lganini ochiqladi

Ronaldu terma jamoadan ketishiga nima sabab bo‘lganini ochiqladi

Krishtianu Ronalduning terma jamoa yig‘inini tark etishiga olib kelgan voqealar tafsiloti ma’lum bo‘ldi. Hodisa Norvegiyaga qarshi uchrashuv oldidan boshlangan.

Ronaldu dastlab mazkur bahsda maydonga tushmasligini bilgan va tiklanish rejasi asosida tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan. Biroq o‘yin kuni murabbiy undan 30 daqiqa o‘ynashga tayyor turishini so‘ragan. Futbolchi bu taklifga rozi bo‘lgan.

U ikkinchi bo‘lim oldidan qizdirish mashqlarini ham bajargan. Ammo shunga qaramay, Ronaldu maydonga tushirilmagan. Futbolchi bu holatni murabbiyning unga bergan birinchi va’dasi bajarilmagani sifatida qabul qilgan.

Vaziyatni bartaraf etish maqsadida tomonlar matbuot anjumanida voqeaning asl sabablarini tushuntirishga kelishib olgan. Buning uchun hatto 8 banddan iborat bayonot ham tayyorlangan.

Biroq Ronalduning fikricha, murabbiy matbuot anjumanida kelishilgan ma’lumotlarni aytmagan. Shu tariqa futbolchi uning ikkinchi va’dasi ham bajarilmaganini bildirgan.

Shundan so‘ng Ronaldu terma jamoa yig‘inini tark etishga qaror qilgan. Uning bu qaroriga Norvegiya bilan o‘yindagi vaziyat va undan keyingi kelishmovchiliklar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar