Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederasiyalar kubogi-2017 turnirida uchinchi o‘rin uchun uchrashuvda ishtirok etmaydi. Marca nashrining xabar berishicha, murabbiylar shtabi Madridning «Real» jamoasi futbolchisiga o‘zining yangi tug‘ilgan farzandlarini ko‘rish uchun jo‘nab ketishga ruxsat bergan.
«Men terma o‘yinlariga bor diqqatni jamladim, bu hattoki ikki nafar farzandim dunyoga kelganini bilganimdan so‘ng ham davom etdi. Afsuski, musobaqadagi bosh maqsadga erisha olmadik, biroq, ishonchim komilki, portugaliyalik ishqibozlarga quvonch taqdim etishda davom etamiz. Farzandlarimizni ilk bora ko‘rishimdan juda xursand bo‘laman», - deya yozdi Krishtianu «Feysbuk»dagi sahifasida.
11 iyun kuni Krishtianu Ronaldu egizak farzandli bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya Konfederasiyalar kubogi-2017 yarim finalida Chiliga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Yakshanba kuni Fernandu Santush shogirdlari turnirdagi oxirgi uchrashuvda Germaniya va Meksika terma jamoalari uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan jamoaga qarshi uchinchi o‘rin uchun o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?