17:03 / 12.07.2017
5 006

Peru klubi kelajakda Ronalduni sotib olishi mumkinligini ma’lum qildi

Peru klubi kelajakda Ronalduni sotib olishi mumkinligini ma’lum qildi
Peruning “Union Uaral” klubi Madridning “Real” etakchisi Krishtianu Ronalduga qiziqish bildirayotganini va kelajakda, ehtimol, uni sotib olishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Union Uaral” Krishtianu Ronalduning xizmatlariga qiziqmoqda. U buyuk futbolchi, ammo ayni vaqtda bu kelishuvni amalga oshirishning imkoni yo‘q. Ehtimol, bu kelajakda ro‘y beradi”, – deya hazil aralash bayonot berdi klub matbuot xizmati.

Avvalroq Krishtianu Ronaldu “Real”ni tark etishiga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq portugaliyalik futbolchi telefon orqali “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bilan muloqot qilib, Madriddan ketish niyati yo‘q ekanini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Peru klubi kelajakda Ronalduni sotib olishi mumkinligini ma’lum qildi