
Ispaniya soliq inspeksiyasi qoshidagi bojxona departamenti vakillari “Real Madrid” forvardi Krishtianu Ronalduning yaxtasida tekshiruv o‘tkazdi.
“Real” klubi etakchisi ayni paytda Balear orollarida hordiq chiqaryapti. Bojxona xodimlari futbolchi homilador rafiqasi bilan restorandan yaxtaga qaytgan bir paytda paydo bo‘lishgan. Ular bir yarim soat mobaynida ijaraga olingan yaxtada tintuv o‘tkazishgan.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi o‘zining imidj huquqidan oladigan daromadlaridan soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Ronaldu to‘lashni istamayotgan summa 14,7 mln evroni tashkil etadi. Ushbu ish yuzasidan sud 31 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar