
Madridning "Real" klubi UEFA Superkubogi uchun bahsda "Manchester Yunayted"ni 2:1 hisobida taslim etdi.
Bu "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidanning "Real" bosh murabbiyi sifatida qo‘lga kiritgan ikkinchi UEFA Superkubogi. 18 oy oldin "qaymoqranglilar" ustozi sifatida tanishtirilgan fransiyalik mutaxassis hozirgacha madridliklar bilan 2 marta Chempionlar ligasida, 2 marta UEFA Superkubogida, 1 marta LaLigada, 1 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.
Darakchi nashrining ma’lum qilishicha, Zinedin Zidan o‘rtacha har 14,7 ta uchrashuvdan so‘ng sovrin qo‘lga kiritmoqda va bu har qanday murabbiy uchun fantastik natija! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar