06:37 / 14.08.2017
5 384

Ispaniya superkubogi. Dastlabki bahsda “Real” g‘olib chiqdi

Ispaniya superkubogi. Dastlabki bahsda “Real” g‘olib chiqdi
Ispaniya superkubogi uchun o‘tkaziladigan ikki uchrashuvdan iborat bellashuvning birinchisida “Real” Madrid Kataloniyada g‘alabaga erishdi.

Keskin kurashlar ostida kechgan bahsda barcha gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi. Dastlab Pike qanotdan uzatilgan to‘pni bartaraf etishda o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ygan bo‘lsa, Messi 77-daqiqada penaltidan muvozanatni tikladi. Ammo so‘nngi o‘n daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Ronaldu va Asensio ikki bor Ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga olishdi. 82-daqiqada Krishtianu Ronaldu ikkinchi bor ogohlantirilib, maydonni tark etdi.
3:1 hisobida g‘olib chiqqan Zidan shogirdlari javob o‘yini oldidan yaxshi imkoniyat hosil qilishdi. Javob uchrashuvi 17 avgust kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya superkubogi.

Birinchi uchrashuv

Barselona – Real Madrid 1:3


Gollar: 0:1 – 50, avtogol Pike, 1:1 – 77, penalti Messi, 1:2 – 80 Ronaldu, 1:3 – 90 Asensio.

Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal, Rakitich (Pako Alkaser, 83), Buskets, Inesta (Serdji Roberto, 68), Deulofeu (Denis Suares, 59), Messi, Suares.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko, Kazemiro, Kovachich (Asensio, 68), Kroos, Beyl (Vaskes, 81), Benzema (Ronaldu, 58).

Ogohdantirish: Kazemiro (20), Pike (27), Messi (40), Beyl (41), Karvaxal (41), Buskets (57), Navas (76), Ronaldu (80).

Chetlatish: Ronaldu (82).

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya superkubogi. Dastlabki bahsda “Real” g‘olib chiqdi