
Ispaniya qirolligi futbol federasiyasi (RFEF) «Real»ning Krishtianu Ronaldu diskvalifikasiyasi bo‘yicha bergan apellyasiyasini ko‘rib chiqdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Shikoyatni o‘rganib chiqqan komissiya «Real» da’vosini o‘rinsiz deb topdi va futbolchining diskvalifikasiyasini o‘z kuchida qoldirdi.
Bundan avvalroq ushbu apellyasiya qisman qondirilib, diskvalifikasiya muddati qisqartirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Ispaniya Superkubogi uchun «Barselona»ga qarshi kechgan bahsning 82-daqiqasida bosh hakam Rikardo Bengoechea tomonidan maydondan chetlatilgach, uni qo‘li bilan turtib yuborgan edi.
RFEF Ronalduning bu harakatlarini agressiv deb baholab, uni qizil karta uchun 1 o‘yinga, hakamni turtgani uchun 4 o‘yinga diskvalifikasiya qildi.
Endi Ronaldu «Barselona»ga qarshi 16 avgust oqshomida bo‘lib o‘tadigan Superkubok javob o‘yinini, shuningdek Ispaniya chempionati startidagi «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar