Bugun, 16 avgust kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida Ispaniya Superkubogining javob uchrashuvi o‘tkaziladi.
Ushbu jamoalarning Kataloniya poytaxtida kechgan ilk o‘yinida “Real” ustunligini namoyish etib mezbonlarni 3:1 hisobida ortda qoldirgandi.
Biroq bugun Zinedin Zidan qo‘l ostidagi “Real” futbolchilari ashaddiy raqobatchilari “Barselona”ga qarshi yana maydonga tushishadi.
O‘tgan tarixni eslaydigan bo‘lsak, “Barselona” madridliklarni aynan o‘z maydoni “Santyago Bernabeu”da 4:0 hisobida mag‘lub etgandi. Balki javob uchrashuvida yana shunday fantastik iroda kuchiga guvoh bo‘lib, “Barsa”ning g‘alabasini ko‘rarmiz.
Balki “Real” osonlikcha taslim bo‘lmaydi. Bu savollarning barchasiga javobni uchrashuv yakunlanganidan so‘ng bilib olamiz.
Ma’lumot uchun, “Real” bugungi bahsda asosiy etakchi futbolchisi Ronaldu xizmatlaridan foydalana olmaydi.
Krishtianu avvalgi o‘yindagi qizil kartochka sabab, ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Futbolchining hozirgi formasidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Ronalduning yo‘qligi bugun maydonda unchalik bilinmaydi.
O‘z o‘rnida “Barselona”da ham yo‘qotishlar mavjud. Jamoaning asosiy futbolchilaridan biri Andres Inesta jarohat sabab safdoshlariga yordam bera olmaydi.
Xullas, bu tunda yana bir bor futbol san’atiga guvoh bo‘lamiz.
Taxminimizcha, bugungi “El-klasiko”da quyidagi tarkibda futbolchilar maydonga tushadi:
“Real”: Navas, Marselo, Varan, Ramos, Karvaxal, Kazemiro, Kroos, Modrich, Isko, Beyl, Benzema.
“Barselona”: ter Shtegen, Vidal, Pike, Umtiti, Alba, Buskets, Andre Gomesh, Rakitich, Denis Suares, Messi, Luis Suares.
Ushbu uchrashuv bugun, 17 avgustga o‘tar kechasi tungi soat 02:00 da boshlanadi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...