04:28 / 17.08.2017
5 553

"Real" Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi!

"Real" Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi!
"Real Madrid" hamda "Barselona" o‘rtasida kechgan Ispaniya Superkubogining javob o‘yini bo‘lib o‘tdi. "Santyago Bernabeu"da kechgan o‘yin mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Asensio uzoq masofadan ter Shtegen darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi gol 39-daqiqada Benzema tomonidan kiritildi.
Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin ham 3:1 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘lgandi. Shu tariqa, "Real Madrid" Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Ispaniya Superkubogi. Javob o‘yini
Real Madrid – Barselona 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 4 Asensio, 2:0 – 39 Benzema.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos (Sebalos, 80), Kovachich (Kazemiro, 62), Asensio (Teo, 75), Modrich, Vaskes, Benzema.
Barselona – ter Stegen, Pike (Nelson Semedu, 50), Umtiti, Alba (Din, 78), Maskerano, Rakitich, Serdji Roberto, Andre Gomesh (Deulofeu, 72), Buskets, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Suares (89).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi!