5 656
Dibala “Real”dan uchralgan mag‘lubiyat va “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala Chempionlar ligasi finalida “Real”dan (1:4) uchralgan mag‘lubiyat va “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
“Final uchrashuvi haqiqiy dahshatning o‘zi edi. Hammasi tushda kechayotgandek edi nazarimda. Finalga qadar biz jiddiy raqiblar bilan kuch sinashgandik va ularga qarshi uchrashuvlarda ikkitadan oshiq gol o‘tkazmagandik. Ular esa bizga 45 daqiqada uchta gol urishga erishishgandi.
Futbolda revansh uchun har doim imkoniyat bo‘ladi. Ushbu finaldagi alamli mag‘lubiyat doim meni xayolimda bo‘ladi. Qachonki ushbu musobaqada bosh sovrinni boshim uzra baland ko‘tarsam, o‘sha alam meni tark etib, xotirjam bo‘lishim mumkin.
Hozir hamma “Barselona”da Neymarni o‘rnini kim egallashini kutib turibdi. Kimdir Koutino, kimdir Dembele va Grizmann haqida gapirmoqda. Mening ismimni ham bu ro‘yxatda sanab o‘tishdi. Ammo bularning bari shunchaki mish-mish ekanligini bilaman. Mening yaqinlarim barcha xabarlarni diqqat bilan kuzatib borishmoqda va keyinchalik bu borada menga murojaat qilishmoqda. Ularga bu xabarlar qanday qilib tarqatilganini tushuntirish qiyin.
“Yuventus” ham “Barselona” darajasidagi ajoyib klub. Mening shartnomamda transfer narxim yozilmagan. Buni faqat klubni o‘zi hal qiladi”, deydi Dibala.
Manba: Championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas