Ronalduning diskvalifikatsiyasi o‘z kuchida qoldi

Ronalduning diskvalifikatsiyasi o‘z kuchida qoldi
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu diskvalifikatsiyasini to‘liq o‘taydi

Ispaniya sport arbitraj sudi Ispaniya futbol federatsiyasi appelyatsiya qo‘mitasi singari madridliklarning apellyatsiyasini qanoatlantirmadi.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli hujumchi Ispaniya superkbogi birinchi uchrashuvi doirasida “Barselona”ga qarshi kechgan bahsda ikkinchi bor ogohlantirilib, maydondan chetlatishi paytida bosh hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgandi.

Portugaliyalik futbolchi Superkubokning javob uchrashuvi va Primeroning 1-turida “Deportivo”ga qarshi maydonga tushmadi.

Undan tashqari Ronaldu “Valensiya”, “Levante” va “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Manba: Championat.asia

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar