16:31 / 04.09.2017
5 359

Saxiylikni Krishtianu Ronaldudan o‘rganing!

Saxiylikni Krishtianu Ronaldudan o‘rganing!
Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nafaqat ajoyib gollari, balki insoniylik xislatlari bilan ham muxlislar qalbidan joy olmoqda.

Futboldan olayotgan daromadining bir qismini bemor bolalar uchun sarflayotgan Ronaldu kuni kecha yana bir 9 yoshli xastaning joniga oro kirdi.

U bir necha yildan buyon yurak raki hastaligidan aziyat chekayotgan polshalik Oliver Plusiyennikning bir umrlik homiysiga aylandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Krishtianu bolakayning davolanishiga ketadigan sarf-xarajatlarni butun umr to‘lashini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi-2017 musobaqasidan o‘rin olgan Rossiyaga qarshi uchrashuvda (1:0) maydonga 10 yoshli imkoniyati cheklangan qizaloq Polina Xayridinovani olib chiqib, unga Portugaliya termasi ramzi tushirilgan sport kiyimini hadya etgandi.

Shuningdek, Krishtianu Ronaldu joriy yilning 24 avgust kuni Yevropa qit’asining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saxiylikni Krishtianu Ronaldudan o‘rganing!