«Real» o‘z maydonida «Granada»ni kichik hisobda engdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Ispaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan «Real» Madrid hamda «Granada» klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.
Unda 1: 0 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinda yagona gol 55-daqiqada Karim Benzema tomonidan kiritildi.
Ko‘pchilik bu o‘yinda yirik hisobni kutgandi, ammo bu kecha "Granada" futbolchilari maydon egalariga etarlicha qarshilik ko‘rsata olishdi.
Baribir, Rafael Benites shogirdlari kerakli natijani qo‘lga kiritishdi va musobaqa jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.
Ispaniya chempionati. 4-tur
Real Madrid – Granada 1: 0
Gol: 1: 0 – 55 Benzema.
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Varan, Modrich, Kroos (Kovachich, 62), Isko, Vaskes, Ronaldu, Benzema (Cherishev, 77).
Granada – Fernandes, Doriya, Biragi, Lopesh, Lomban, Krxin, Markes, Mendes (Lopes, 77), Rochina (Riko, 67), El-Arabi, Saksess (Ibanes, 61).
Ogohlantirishlar: Mendes (35), Isko (43), Markes (70), Krxin (80). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing