Yevropa chempionlar ligasining N guruhi o‘lim guruhiga mos kechadiganga o‘xshamayapti. 2-turdan keyingi natijalar shunga ishora qilmoqda.
Dortmundda mehmon bo‘lgan «Real» shu kunga qadar hech qachon g‘alaba bilan qaytmagandi va bu safar aynan mana shu yoqimsiz an’anaga barham berdi. Ketma-ket ikkinchi uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dublga erishdi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Tottenhem» Kiprda APOEL mehmoni bo‘lib yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bu uchrashuvda Harri Keyn het-trik qayd etdi va YeChL to‘purarlari ro‘yxatida (5ta gol) peshqadamga aylanib oldi.
Guruhda «Real» va «Tottenhem» 6tadan ochko jamg‘arib, peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, «Borussiya» va APOELda hozircha ochko yo‘q.
H guruhi
Borussiya D (Germaniya) – Real (Madrid Ispaniya) 1:3 (0:1)
Gollar: Obameyang (54) – Beyl (18), Ronaldu (49, 79).
Borussiya D: Byurki, Papastatopulos, Tolyan (Daud, 60), Pishchek, Toprak, Kastro, Shaxin (Vaygl, 60), Yarmolenko, Getse (Pulishich, 76), Filipp, Obameyang.
Real Madrid: Navas, Varan, Nacho, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Asensio, 76), Modrich (Sebalos, 90), Beyl (Vaskes, 85), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Beyl (29), Karvaxal (39), Modrich (40), Toprak (52), Vaygl (63).
APOEL (Kipr) – Tottenhem (Angliya) 0:3 (0:1)
Gollar: Keyn (39, 62, 67).
APOEL: Vaterman, Vuros, Lago, Karlao, Rueda, Vinisius, Nunu Moraish (Aleksandru, 84), Shallai (Makris, 63), Aloneftis (Farias, 75), Zahid, de Kamargo.
Tottenhem: Loris, Sanches, Devis, Tripper, Ore (Lorente, 57), Dayer, Sissoko (Georgiu, 84), Uinks, Alderveyreld, Keyn (Nkudu, 75), Son Xыn Min.
Ogohlantirishlar: Vaterman (39), Vinisius (51), Uinks (85). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi