Messi bilan sovrinlar bo‘yicha tenglashib olgan Ronaldu taqdirlashda qiziqarli fikrlarni bildirib o‘tdi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.
Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun 8 dekabr kuni Madridning “Real” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu “France Football” nashri tomonidan beriladigan “Oltin to‘p” sovrinining beshinchi marta sohibiga aylandi.
O‘zining eng asosiy raqobatchisi Lionel Messi bilan ushbu sovrinlar bo‘yicha tenglashib olgan Ronaldu, taqdirlash marosimida bir qancha qiziqarli fikrlarni bildirib o‘tdi.
Hissiyotlari haqida
“Bu faoliyatimdagi eng fantastik lahza. Buni anchadan buyon kutayotgan edim.
Murabbiylar haqida
Hammadan har hal darslarni olamiz. Fergyuson, Anchelotti, Zidan, Santushlar bilan ishlash – odamga huzur bag‘ishlaydi.
Murabbiy jamoaning yetakchisi. Ularni hurmat qilish kerak. Ularning barchasi men uchun namunadir. Shuning uchun ham har doim g‘alabaga erishamiz.
O‘zimning sobiq murabbiylarim va hamkorlarim, “Real” prezidenti va oilamga minnatdorchilik bildiraman. Men dunyoda eng yaxshi bo‘lishni istayman.
O‘g‘li haqida
Uning o‘yinlari menga yoqadi. Krishtianuda qandaydir o‘zgachalik bor. Biroq unga bosim o‘tkazmayman. Chunki hali juda ham yosh.
Eyfel minorasidagi taqdirlash marosimi haqida
Bu aqlga sig‘maydi. Biroz sovuqroq bo‘ldi, bu borada ham tajriba olish kerak.
“PSJ”ga o‘tishi haqida
Yo‘q, men “Real”da baxtliman va shu yerda qolishni istayman. Agarda iloji bo‘lsa, Madridda faoliyatimni yakunlayman.
Yoshligidagi kumiri haqida
Menda ulardan juda ham ko‘p. Har doim sportning barcha turlarida odamni yaxshi sportchi bo‘lishna undaydigan shaxslarni qidirganman: “Formula-1”, basketbol, golf...
Kilian Mbappe haqida
Motivatsiyani saqlab har doim oldinga intilish kerak. Har kuni ertalab uyqudan turganingdan keyin senga futbol o‘ynash imkoni beriladi. Sen bundan har doim ustalik bilan foydalan.
Men Mbappega xabar yubordim. Unda aqlbovar qilmas iqtidor va potensial bor. Biroq barchasi uning miyasiga bog‘liq. Biroq Kilian – keyingi “Oltin to‘p”ni yutishga qodir inson bo‘ladi”, - deya so‘zlarini yakunladi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2008, 2013, 2014 va 2016 yillarda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan.
Ayni damda uning raqobatchisi Leo Messida ham bu sovrinlar 5 tani tashkil etmoqda.
2016/2017 yil mavsumidagi natijalariga ko‘ra, Ronaldu Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi (eng yaxshi to‘purar – 12 gol), Ispaniya chempioni (29 uchrashuvda 25 gol), klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi (eng yaxshi to‘purar – 4 gol), UYeFA Superkubok va Ispaniya Superkuboki sohibi bo‘ldi.
Shuningdek, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan Rossiyada o‘tgan Konfederatsiyalar kubogi musobaqasida bronza medallariga ega chiqqandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi