O‘zbekistonlik iqtidorli futbolchilar endi Yevropaning eng kuchli klublariga tavsiya etiladi. Ular orasida «Real», «Lion», «Anderlext», «Standard» klublari bor. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy saytida xabar berilgan.
Rasmiy manbada aytilishicha, Belgiya futbol federatsiyasida texnik bo‘lim boshlig‘i Kris van Puyvelde hamda «Anderlext» futbol klubining Skautlar bo‘limi boshlig‘i Bekir Tedek yanvar oyining o‘rtalarida yurtimizga tashrif buyuradi.
Bu ikki mutaxassis ko‘p yillar davomida birgalikda bolalar futboli bo‘yicha faoliyat yuritishadi.Ularda futbolni rivojlantirish bo‘yicha aniq dasturlar bor. Mana shu dasturlar asosida ushbu mutaxassislar yurtimizdagi iqtidorli yosh futbolchilarni saralab, ularning futbolchi sifatida o‘sishlariga ko‘mak berishadi. Keyinchalik ana shu iqtidorli futbolchilar Van Puyvelde va Bekir Tedek tomonidan Yevropaning kuchli klublari, jumladan, «Real» Madrid, «Lion», «Anderlext», «Standard» kabi jamoalariga tavsiya qilib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi